Yordam markazi

Huquqiy hujjatlar

OQIM platformasi qoidalari

Yangilangan: 4-oktabr, 2026

OQIM — brendlar va kreatorlarni bogʻlaydigan elektron platforma. Brendlar OQIMdan qisqa videolar va ular bilan bogʻliq xizmatlarni sotib oladi, kreatorlar esa OQIM bilan tuzilgan shartnoma asosida videolar tayyorlaydi va haq oladi.

Kim qanday rol oʻynaydi

  • OQIM — platforma egasi. Brend OQIMga toʻlaydi, OQIM esa kreatorga oʻz nomidan haq toʻlaydi. Brend kreator oldida pul majburiyatiga ega emas.
  • Brend — loyiha yaratadi, videolarni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi. Brend OQIM bilan Didox orqali shartnoma imzolaydi.
  • Kreator — loyihalarda qatnashadi, video tayyorlaydi va tasdiqlangan ishi uchun haq oladi.
  • Agentlik — OQIM bilan ishlaydigan, oʻz brendlarining loyihalarini boshqaradigan tashkilot.

Loyiha turlari

  • Instagram loyihasi — kreator Reelni oʻz Instagram sahifasiga joylaydi va koʻrishlar yoki joylangan Reel uchun haq oladi. Ayrim Instagram loyihalari "foydalanish huquqli" boʻladi: bunda tasdiqlangan videoga huquqlar kreatorning ushbu loyihadagi yakuniy daromadi noldan katta boʻlganda 5 yilga Brendga oʻtadi. Ungacha Brend videodan faqat ichki koʻrib chiqish uchun foydalanadi; yakuniy daromad nol boʻlsa, huquqlar oʻtmaydi.
  • Video loyiha (Instagramsiz) — kreator videoni yozib, platformaga yuklaydi. Brend tasdiqlagach, kreator haqi hisoblanadi va videoga huquqlar 5 yilga Brendga oʻtadi.

Pul

  • Brend avansni bank orqali OQIMga oʻtkazadi; u platformada "Hamyon" deb koʻrsatiladi.
  • Kreatorga pul toʻlanadigan summasi 100 000 soʻmga yetgach, kartasiga yuboriladi. Oʻzini oʻzi band qilganlar toʻlovidan 1% soliq ushlab qolinadi.

Asosiy qoidalar

  • Kreator 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  • Faqat oʻzingiz yaratgan yoki foydalanish huquqingiz bor kontentni yuboring. Videoda 18 yoshga toʻlmaganlar boʻlmasligi kerak; boshqa odamlar boʻlsa, ularning roziligi kerak.
  • Soxta koʻrishlar, oʻzgalar kontenti, soxta hisoblar va loyihani platformadan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
  • OQIM qoidabuzarlik boʻlsa hisobni toʻxtatishi yoki toʻlovni koʻrib chiqishga qoʻyishi mumkin.

Qoidalar oʻzgarganda

OQIM hujjatlarning yangi versiyalarini Yordam markazida eʼlon qiladi. Xizmat qoidalaridagi oʻzgarishlar qonunda talab qilingan hollarda kamida 30 kun oldin eʼlon qilinadi. Yangi versiyalar ilovada qabul qilinadi.

Toʻliq hujjatlar: Foydalanish shartlari, Maxfiylik siyosati, Kreator shartnomasi (Yordam markazidagi havolalar).

Shu boʻlimdagi boshqa maqolalar